Mahalla ilovasi

Mahalla hayoti bitta ilovada

E'lonlar, tadbirlar, murojaatlar va qo'shnilar bilan aloqa. Mahalla raisi va xodimlari bilan to'g'ridan-to'g'ri, ortiqcha yugurishsiz.

O'rnatishdan oldin telefoningiz sozlamalarida noma'lum manbadan o'rnatishga ruxsat berish talab qilinishi mumkin. Eskiroq telefon bo'lsa — shu versiyani yuklang.

Asosiy ekranassets/screens/home.webp
Asosiy ekran

Mahallangiz bilan bog'lanib turing

E'lonlar va tadbirlar

Mahalladagi yangiliklar va rejalashtirilgan tadbirlar bir joyda, yangilanib turadi.

Murojaatlar

Muammoni rasm va joylashuv bilan yuboring, holatini ilovadan kuzatib boring.

Mahalla xaritasi

Mahalla chegarasi va murojaatlar joylashuvi sun'iy yo'ldosh xaritasida ko'rinadi.

Qo'shnilar va xabarlar

Mahalla a'zolari va xodimlarini toping, ilova ichida to'g'ridan-to'g'ri yozishing.

Bildirishnomalar

Yangi e'lon yoki murojaatingiz holati o'zgarganda telefoningizga xabar keladi.

Maxfiylik nazorati

Telefon raqamingiz va oxirgi faollik ko'rinishini o'zingiz boshqarasiz.

Uchta qadamda boshlang

1

Ilovani o'rnating

APK faylni yuklab oling va telefoningizga o'rnating.

2

Ro'yxatdan o'ting

Telefon raqamingizni Telegram bot orqali tasdiqlang.

3

QR kodni skanerlang

Mahalla raisi bergan QR kod orqali mahallangizga qo'shiling.

Mahallangizni tanlang

Kodni qo'lda yozib o'tirmang — mahallangizni bosing, QR kod chiqadi va uni ilovadagi skaner bilan o'qing.

O'rnatishda muammo bo'lsa

Ilova hozircha Play Store'da emas, shuning uchun Android bir necha marta tasdiq so'raydi. Quyidagi 5 qadam — birinchi marta o'rnatayotganlar uchun.

1

Faylni yuklab oling

Yuqoridagi ko'k tugmani bosing. Brauzer faylni yuklashdan oldin ogohlantirishi mumkin — bu normal, chunki ilova Play Store orqali emas, to'g'ridan-to'g'ri yuklanmoqda.

Ogohlantirish chiqsa: Baribir yuklash (Download anyway) ni bosing
2

Yuklangan faylni oching

Yuklanish tugagach, pastdagi bildirishnomani yoki telefondagi Yuklamalar (Downloads) papkasidan mening-mahallam.apk faylini bosing.

3

Ruxsat bering

Android birinchi marta bu manbadan o'rnatishga ruxsat so'raydi. Ochilgan sozlamalarda tugmani yoqing va orqaga qayting.

Bu manbadan o'rnatishga ruxsat berish (Allow from this source)
4

O'rnatishni tasdiqlang

Endi o'rnatish oynasi chiqadi. Agar Play Protect qo'shimcha ogohlantirish bersa, o'rnatishni davom ettiring — ilova zararsiz.

O'rnatish (Install) → kerak bo'lsa Baribir o'rnatish (Install anyway)
5

Ilovani oching

O'rnatish tugagach Ochish tugmasini bosing yoki ilovalar ro'yxatidan Mening Mahallam ni toping.

Tugmalar nomi telefon markasiga qarab biroz farq qilishi mumkin (Samsung, Xiaomi, Redmi va boshqalarda ozgina boshqacha yozilgan bo'ladi), lekin ketma-ketlik bir xil. Baribir chiqmasa — pastdagi Telegram yoki telefon orqali murojaat qiling, yordam beramiz.

Ko'p so'raladigan savollar

Ilova bepulmi?

Ha, to'liq bepul. Yuklab olish ham, undan foydalanish ham hech qanday to'lovni talab qilmaydi.

Telefon raqamim boshqalarga ko'rinadimi?

Yo'q, agar o'zingiz ruxsat bermasangiz. Sozlamalarda telefon raqamingiz qo'shnilarga ko'rinishini va oxirgi faollik vaqtingiz ko'rsatilishini o'chirib qo'yishingiz mumkin.

Nega Play Store'da yo'q?

Play Store'ga joylash jarayoni bir necha kun oladi. Shu sababli hozircha ilovani to'g'ridan-to'g'ri shu saytdan yuklab olasiz. Play Store'ga joylangach, xabar beramiz.

iPhone uchun versiya bormi?

Hozircha yo'q — birinchi bosqichda Android uchun chiqarilyapti. iOS versiyasi keyingi rejalarda bor.

Mahallam ro'yxatda yo'q, nima qilay?

Mahalla raisingizga murojaat qiling va Telegram orqali adminga yozing (@Ilyos_Ruzibekov) — mahallangizni ilovaga qo'shib beramiz.

Ro'yxatdan o'tish qanday kechadi?

Telefon raqamingizni kiritasiz, tasdiqlash Telegram bot orqali amalga oshiriladi — SMS kutish shart emas. Keyin mahallangiz QR kodini skanerlaysiz.

Murojaatimni kim ko'radi?

Maxfiy murojaatni faqat siz va mahalla xodimlari ko'radi. Ommaviy murojaatni esa mahalladagi barcha ko'radi va qo'shilishi mumkin.

Ilova qancha joy egallaydi?

Yuklab olinadigan fayl 51 MB. O'rnatilgandan keyin telefoningizda taxminan shuncha joy band bo'ladi.