Ko'p so'raladigan savollar va o'rnatish bo'yicha to'liq qo'llanma.
Ha, to'liq bepul. Yuklab olish ham, undan foydalanish ham hech qanday to'lovni talab qilmaydi.
Yo'q, agar o'zingiz ruxsat bermasangiz. Sozlamalarda telefon raqamingiz qo'shnilarga ko'rinishini va oxirgi faollik vaqtingiz ko'rsatilishini o'chirib qo'yishingiz mumkin.
Play Store'ga joylash jarayoni bir necha kun oladi. Shu sababli hozircha ilovani to'g'ridan-to'g'ri shu saytdan yuklab olasiz. Play Store'ga joylangach, xabar beramiz.
Hozircha yo'q — birinchi bosqichda Android uchun chiqarilyapti. iOS versiyasi keyingi rejalarda bor.
Mahalla raisingizga murojaat qiling va Telegram orqali adminga yozing (@Ilyos_Ruzibekov) — mahallangizni ilovaga qo'shib beramiz.
Telefon raqamingizni kiritasiz, tasdiqlash Telegram bot orqali amalga oshiriladi — SMS kutish shart emas. Keyin mahallangiz QR kodini skanerlaysiz.
Maxfiy murojaatni faqat siz va mahalla xodimlari ko'radi. Ommaviy murojaatni esa mahalladagi barcha ko'radi va qo'shilishi mumkin.
Yuklab olinadigan fayl 51 MB. O'rnatilgandan keyin telefoningizda taxminan shuncha joy band bo'ladi.
Ilova hozircha Play Store'da emas, shuning uchun Android bir necha marta tasdiq so'raydi. Quyidagi 5 qadam — birinchi marta o'rnatayotganlar uchun.
Yuqoridagi ko'k tugmani bosing. Brauzer faylni yuklashdan oldin ogohlantirishi mumkin — bu normal, chunki ilova Play Store orqali emas, to'g'ridan-to'g'ri yuklanmoqda.
Ogohlantirish chiqsa: Baribir yuklash (Download anyway) ni bosingYuklanish tugagach, pastdagi bildirishnomani yoki telefondagi Yuklamalar (Downloads) papkasidan mening-mahallam.apk faylini bosing.
Android birinchi marta bu manbadan o'rnatishga ruxsat so'raydi. Ochilgan sozlamalarda tugmani yoqing va orqaga qayting.
Bu manbadan o'rnatishga ruxsat berish (Allow from this source)Endi o'rnatish oynasi chiqadi. Agar Play Protect qo'shimcha ogohlantirish bersa, o'rnatishni davom ettiring — ilova zararsiz.
O'rnatish (Install) → kerak bo'lsa Baribir o'rnatish (Install anyway)O'rnatish tugagach Ochish tugmasini bosing yoki ilovalar ro'yxatidan Mening Mahallam ni toping.
Tugmalar nomi telefon markasiga qarab biroz farq qilishi mumkin (Samsung, Xiaomi, Redmi va boshqalarda ozgina boshqacha yozilgan bo'ladi), lekin ketma-ketlik bir xil. Baribir chiqmasa — pastdagi Telegram yoki telefon orqali murojaat qiling, yordam beramiz.