Bosh sahifaga qaytish
Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 20-avgust
Biz qanday ma'lumot to'playmiz
«Mening Mahallam» ilovasidan foydalanish uchun quyidagi ma'lumotlar so'raladi:
- Telefon raqami — hisob yaratish va tasdiqlash uchun (Telegram bot orqali, SMS orqali emas).
- Ism va familiya — profilingizda va murojaatlaringizda ko'rsatish uchun.
- Profil rasmi va banner — ixtiyoriy, o'zingiz yuklaysiz.
- Mahalla joylashuvi — murojaat yuborganda xaritada ko'rsatish uchun (faqat siz ruxsat bersangiz).
- Yozishmalar — qo'shnilar bilan ilova ichidagi chat orqali yuborilgan xabarlar.
- Bildirishnoma tokeni — telefoningizga push xabar yuborish uchun (Firebase Cloud Messaging orqali).
Ma'lumotlaringiz qayerda saqlanadi
Ma'lumotlar Google Firebase (Firestore) va Supabase infratuzilmasida, shifrlangan holatda saqlanadi. Fayllar (rasmlar) Supabase Storage'da saqlanadi.
Ma'lumotlaringizni kim ko'radi
- Ism, profil rasmi va telefon raqami (agar ko'rsatishga ruxsat bergan bo'lsangiz) — faqat sizning mahallangiz a'zolariga ko'rinadi.
- Maxfiy deb belgilangan murojaatni faqat siz va mahalla rahbariyati (rais, xodimlar) ko'radi.
- Ommaviy murojaatni mahalladagi barcha a'zolar ko'radi.
- Yozishmalaringizni faqat suhbatdoshingiz ko'radi.
- Biz sizning ma'lumotlaringizni uchinchi shaxslarga sotmaymiz va reklama maqsadida ulashmaymiz.
Nazorat imkoniyatlaringiz
- Telefon raqamingiz boshqa a'zolarga ko'rinishini Sozlamalar bo'limida o'chirib qo'yishingiz mumkin.
- "Oxirgi faollik" vaqti ko'rsatilishini o'chirib qo'yishingiz mumkin.
- Istalgan foydalanuvchini bloklashingiz mumkin.
- Hisobingizni va unga tegishli ma'lumotlarni o'chirishni admindan so'rashingiz mumkin (@Ilyos_Ruzibekov orqali Telegram'da).
Bog'lanish
Maxfiylik bo'yicha savollaringiz bo'lsa: +998 90 240 04 05 yoki Telegram orqali murojaat qiling.